MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

 

Anjumanda shahar hokimining o‘rinbosari K.Ashurov, shahar sport bo‘limi boshlig‘i I.Abdusattorov hamda jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi. 

Matbuot anjumanida K.Ashurov so‘zga chiqib, “Shahar aholisi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi ishlar” mavzusida axborot berdi.

Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan anjumanda ishtirokchilarning takliflari ham tinglandi.

Tadbirda hokim o‘rinbosari K.Ashurov tomonidan quyidagi ma’lumotlar aytib o‘tildi.

 

Bugungi kunda, Termiz shahridagi 37 ta mahallada 187 ming 800 nafar aholining 63 ming 965 nafari 7-30 yoshdagilarni tashkil etib, ulardan 45 ming 447 nafari sportga jalb qilingan bo‘lsa, shundan 19 ming 189 nafari muntazam sport bilan shug‘ullanadi.

O‘tgan yillarda aholining 19-20 foizi sport bilan shug‘ullangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bugungi kunda 24,2 foizga yetkazildi. Yil yakuniga qadar esa para-sportchilar bilan birga kamida 28 foizga yetkazishni oldimizga reja qilib oldik.

Termiz shahrida aholining, ayniqsa yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilib, shaharda bugungi kunda jami 200 tadan ortiq sport inshootlari faoliyat yuritmoqda.

Shundan, 2 ta stadion, 127 ta sport maydoni va maydonchalari, 45 ta sport zallari, 5 ta suzish havzalari, 1 ta yopiq otish tiri, 1 ta o‘q otish va stendga otish joyi, 28 ta sun’iy qoplamali futbol maydonlari va sport inshootlari faoliyat yuritadi.

Termiz shahrida yopiq sport inshootlari soni 62 tani tashkil etadi. Shundan;

-turizm va sport bo‘limi tizimida 6 ta ta’lim muassasalarida 16 ta;

-xalq ta’limi tizimida 28 ta ta’lim muassasalarida 28 ta;

-kasb-hunar maktabi, texnikum va akademik liseylarda

9 ta;

-4 ta oliy ta’lim muassasalarda 6 ta yopiq sport zallari mavjud.

Shaharda 2022 yil investisiya dasturi asosida (Kurash va futbol maktab internatlari) 2 ta sport inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.

Sportni rivojlantirish sohasiga xususiy tadbirkorlarni keng jalb etish natijasida xususiy tadbirkorlar tomonidan bugungacha 28 ta mini stadion, 2 ta kurash zallari, 1 ta boks zallari, 7 ta fitnes klublari, 2 ta suzish havzalari tashkil etildi.

Shahardagi mavjud 37 ta mahallalarda joriy yilning o‘zida 41 ta “Workout”, 12 ta stritbol, 3 ta badminton, 28 ta mini-futbol maydonlari, 3 ta fitnes zallari hamda 7 km. veloyo‘laklar foydalanishga topshirildi.

Aholi orasida o‘tkazilayotgan ommaviy sport tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish maqsadida, aholi o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzini” keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida 938 ta ommaviy sport tadbirlari o‘tkazilib, ushbu sport tadbirlarida 45 ming

447 nafar (24,2 foiz) aholi qamrab olindi.

Hozirgi kunda shaharda jami 46 ta sport turlari bo‘yicha federasiyalar faoliyat olib bormoqda.

Shundan, Olimpiya sport turlari bo‘yicha 22 ta, Noolimpiya sport turlari bo‘yicha 20 ta, Milliy sport turlari bo‘yicha 4 ta federasiyalar faoliyat yuritib kemoqda.

Shuningdek, 2021 yil davomida 28 ta umumta’lim maktablari 21 turdagi sport jixozlari bilan hamda sport ta’lim muassasalari 390,9 mln. so‘mlik sport anjom va jixozlari bilan ta’minlandi. 

Shuningdek, bugungi kunda shaharda “Sport targ‘ibotchilari” faoliyati tizimli yo‘lga qo‘ylgan bo‘lib, shahardagi tashkilotlarida hamda barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar kesimida jami 1,5 ming nafardan ortiq “Sport targ‘ibotchilari” shakllantirildi.

“Shaxsiy namuna” sifatida rahbarlar joylarda har hafta shanba kuni, 14:00 da sport turlarining futbol, velosport, tennis, badminton yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

Shaharda keyingi yillarda ayniqsa yoshlarimiz va nuroniylarimiz tomonidan sportga bo‘lgan ishtiyoq kuchaymoqda.

Misol uchun, ertalab Termiz shahar kuchalarida yugurayotgan va piyoda yuratgan ko‘plab yoshlar va nuroniy yoshdagi aholini ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, joylarda shahar hokimi va sektor rahbarlari bilan yoshlar uchrashuvlarda yoshlar sport bilan shug‘ulanish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha ko‘plab takliflar bermoqda.

Shaharda har hafta marafon bo‘lib o‘tmoqda. (misol uchun giyoxvandlikka qarshi kurashish maqsadida kuni kecha Termiz shaxrida yurish bo‘yicha marafon bo‘ldi).

Ertalabki badantarbiya va gimnastika mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mahallabay trenerlar biriktirilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

Bundan tashqari, OAV orqali aholini ommaviy sport bilan shug‘ullanishga jalb etish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, har kuni erta tongda soat 07:00da “Munavvar kun” dasturi orqali badantarbiya mashqlarini bajarishmoqda.