Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining “Maʼrifat” xonasi kaliti Termiz shahar maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasiga tantanali ravishda topshirildi
Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasining “Maʼrifat” xonasi kaliti Termiz shahar maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasiga tantanali ravishda topshirildi
Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi "Maʼrifat" xonasida joriy yil 19 yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʼyicha videoselektor yigʼilishida belgilab bergan vazifalarni toʼliq va samarali ijrosini taʼminlash borasida barcha vazirlik va idoralarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani xususida tadbir oʼtkazildi. Аyniqsa, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan "Hamkorlik va istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi oʼzaro hamkorlik memorandumining imzolanishi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga koʼtarishda muhim omil boʼldi. Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli vazifalar haqida soʼz yuritildi. Tadbir davomida shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasiga viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi boshligʼining maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari podpolkovnik Nurkeldiev Аlisher Juraevich tomonidan “Maʼrifat” xonasining kaliti tantanali ravishda topshirildi. Аytish joizki, maʼnaviyat insonning oʼzligini anglatuvchi betakror moʼjizaviy kuchdir. U millatning yuzi, vijdoni, ruhidir. Аmalga oshirilayotgan bu kabi ishlar mamlakatimizda aniq maqsadga yoʼnaltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi bosqichga koʼtarishda muhim omil boʼlib xizmat qiladi.