SOG'LOM HAYOT UCHUN 5000 MING QADAM

SOG'LOM HAYOT UCHUN 5000 MING QADAM

O'zbekiston Respublikasi  Prezidenti tomonidan aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar qabul qilinayotgani o‘z samarasini bermoqda. Jumladan Prezidentning 2020-yil 30- oktyabr kunidagi “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi  PF-6099-sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabr kunidagi “Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo'shma chora-tadbirlari to'g'risida”gi 735-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha ommaviy tadbirlar o‘tkazilayapti.

Shu munosabati bilan aholi oʼrtasida sogʼlomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy badantarbiya ishlarini tashkil etish yuzasidan Surxondaryo  viloyati hokimi Toʼra Bobolov tomonidan tasdiqlagan reja- grafikka asosan viloyat hokimligi majmualari hamda boshqarma, tashkilot va muassasalar xodimlari Termiz shahridagi “Surxon Аrena” sport majmuasida erta tongdan jam boʼlishdi. 

Ushbu badantarbiya sogʼlomlashtirish mashqlarida shahar hududida istiqomat qiluvchi aholi vakillari, nuroniylar, xotin-qizlar  va yoshlar, shuningdek tashkilotlarning rahbar-xodimlaridan iborat 500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

UzJOKU 1-bosqich talabasi Toshtemirova Lola