NАVBАTDАGI HOKIM VА YOSHLАR UCHRАShUVI OʼTKАZILDI

NАVBАTDАGI HOKIM VА YOSHLАR UCHRАShUVI OʼTKАZILDI

Bugun, 9-iyun kuni 26-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev 1-sektor hududidagi mahalla yoshlari bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning moddiy yordam, kontrakt toʼlovi, ishga joylashtirish, subsidiya asosida kredit olish va boshqa masalalardagi murojaatlarining aksariyati joyida ijobiy yechim topdi.

Shuningdek, ikki nafar yoshlar tomonidan “Bobur” bogʼida “Yoshlar” bogʼini tashkil etish yuzasidan landshaft-dizayn hamda Kibersportni rivojlantirish boʼyicha loyiha taqdimotlari namoyish etildi. Shahar hokimi tomonidan yoshlarning ayrim muammo va takliflarini bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar asosida muddatlar belgilanib, mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Jarayon davomida yoshlarga Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyundagi “Yoshlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 312-sonli qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.