Termiz shahar Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Termiz shahar Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi rais oʼrinbosari G.N.Kravchenya soʼzga chiqib, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 15 martda tasdiqlangan “Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish toʼgʼrisida”gi №QQ-203-IV-sonli qarori hamda mazkur qaror asosida qabul qilingan Xalq deputatlari shahar Kengashining 2021 yil 29 martdagi №168/VI-28-sonli qarori asosida “Xalqparvar” komissiyasi va qaror bilan tasdiqlangan komissiya nizomning mazmun va mohiyati haqida toʼliq maʼlumot berib oʼtdi. Shuningdek, rais oʼrnibosari oʼz soʼzida “Xalqparvar” komissiyasining asosiy maqsadi shahar hokimligi hamda masʼul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya toʼlanadigan fuqarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarni yaxshilashga muhtoj boʼlgan fuqarolar roʼyxatini shakllantirish borasidagi ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini oʼrnatishdan iboratligini, aholi uchun qurilayotgan uy-joylarga yer maydonlari ajratish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va oʼz muddatlarda tugatish, uy-joylarga muhtoj fuqarolar roʼyxatini shakllantirish, ipoteka krediti, subsidiyalar oluvchilar oʼrtasida mablagʼlarni adolatli taqsimlash borasidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini oʼrnatish, sohaga byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʼsiqlarning oldini olishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, uy-joy qurilishi sohasiga quruvchi xususiy pudrat tashkilotlarini keng jalb qilish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar shaffofligini taʼminlash boʼyicha zaruriy choralar koʼrish, ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga doir dastur ijrosining borishi toʼgʼrisida shahar hokimligining axborotlarini eshitishga koʼmaklashish, oʼz vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan shahar Kengashi kotibiyati bilan hamkorlik qilish hamda “Xalqparvar” komissiyasi qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa vaziflarni amalga oshirilishi haqida batafsil maʼlumot berib oʼtdi.