TERMIZ SHАHRIDА NIZOLI OILАLАRNING MUАMMOLАRI OʼRGАNILDI

TERMIZ SHАHRIDА NIZOLI OILАLАRNING MUАMMOLАRI OʼRGАNILDI

Kecha “Nurli kelajak” mahallasida Termiz shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev boshchiligida barcha sektor rahbarlari, jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy ishlari boʼyicha shahar sudining raislari, profilaktika inspektorlari, mahalla raislari ishtirokida muammoli va nizoli vaziyatdagi oilalar vakillari bilan suhbat oʼtkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.

Jarayonda ushbu oilalarda muammoli va nizoli holatlarning kelib chiqishiga sabab boʼlayotgan psixologik, ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy va iqtisodiy omillari oʼrganilib, tegishli tartibda amaliy yordam va huquqiy tushuntirishlar berildi. Eʼtirof etish lozim, suhbat davomida hozirgi kunga qadar nizoli oilalarning ishi sudga yetib bormasdan ularning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini sogʼlomlashtirish borasida masʼul tashkilotlar bilan ijobiy natijalarga erishildi.

Uchrashuv davomida masʼullar tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikdagi targʼibot ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam amalga oshirib borishga kelishib olindi. Shuningdek, mutasaddi rahbarlarga barcha turdagi jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan tegishli topshiriq va koʼrsatmalar berildi.