TERMIZDА HOKIM YORDАMCHILАRIGА ZАMONАVIY PLАNSHETLАR TOPSHIRILDI

TERMIZDА HOKIM YORDАMCHILАRIGА ZАMONАVIY PLАNSHETLАR TOPSHIRILDI

Bugun, 3 iyun kuni Termiz shahar hokimligida 37 ta mahallalardagi hokim yordamchilarining ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularga HUGEROCK T-101 rusumli planshetlar berildi.

Plashetlar Termiz shahar hokimining birinchi oʼrinbosari Gʼayrat Elamanov hamda sektor rahbarlari tomonidan topshirildi.

Kelgusida ushbu planshetlar mahallalardagi hokim yordamchilari ish faoliyatining yanada jadallashishiga asosiy vosita boʼlib hizmat qiladi.

Shuningdek, “Mahallabay” ishlash tizimi orqali hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadini koʼpaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʼallikni qisqartirish maqsadlari yoʼlida samarali faoliyati uchun bir guruh mahallalardagi hokim yordamchilari Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.