Surxondaryo yoshlarini ezgu maqsad sari birlashtirgan festival
Surxondaryo yoshlarini ezgu maqsad sari birlashtirgan festival
Termiz shahrida “Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida 15-17 iyunь kunlari oʼtkazilgan Yoshlar festivali minglab oʼgʼil-qizlarni ayni ezgu maqsad sari birlashtirdi.
Аyniqsa, festival yakunida taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi shou-kontsert unutilmas taassurotlarga boy boʼldi. Unda 80 mingdan ziyod yoshlar, qoʼshni mamlakatlardan mehmonlar qatnashdi. Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov shijotli oʼgʼil-qizlarni oʼziga xos bayram bilan qutladi.
Tadbirda festival doirasida tashkil etilgan turli koʼrik-tanlovlar, intellektual oʼyinlar, sport musobaqalari gʼoliblariga oltita 25 million soʼmlik, yoshlarning IT yoʼnalishidagi startap tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalarini ragʼbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan viloyat hokimi stipendiyasi uchun ikkita 1 milliard (jami 2 milliard 150 million) soʼmlik sertifikatlar topshirildi.