RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

 

Joriy yilning 6 may kuni “Surxon ovozi” gazetasining 4 sonida “Termiz shahrini kesib o‘tuvchi “Turkmanariq”ni betonlash maqsadida 2019 yili ariq boshi ko‘mib tashlangani, biroq oradan to‘rt yil o‘tsa-da hanuz ariqqa suv boshqarilmayotganligi” to‘g‘risidagi maqola yuzasidan quyidagilarni maŹ¼lum qilamiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-98-sonli qaroriga asosan, Termiz shahridagi barcha ochiq o‘zandagi kanallarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan. 2019 yilda qurilish ishlari boshlanib, bugungi kunda Termiz shahrini kesib o‘tuvchi “Turkmanariq” kanalini betonlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Shu boisdan “Turkmanariq” qanalini joriy yil avgust oyining birinchi yarmigacha qurilish ishlari yakunlanib, ishga tushirilishi va kanal (ariq)ga suv ochib berilishi ma’lum qilinadi.