Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
Termiz shahridagi "Al-Qasr" restoranida "Oʼzbekiston koʼzi ojizlar jamiyati tashkil etilganligining 90-yilligi" munosabati bilan shahar hokimligi tomonidan shukronalik dasturxoni yozilib, Surxondaryo viloyatidagi koʼzi ojizlar jamiyatining faol aʼzolari, koʼrish boʼyicha nogironligi boʼlganlar taklif etilib, hurmat va ehtirom koʼrsatildi.
Tadbir avvalida OʼzKOJ Surxondaoyo viloyat boshqaruv raisi B.Jovliev, Termiz shahar hokimligi masʼul xodimi F.Аbdumanopov hamda OʼzKOJ markaziy boshqaruv raisi Norpoʼlatov Ergash Joʼraevichlarning tabriklari tinglanib, jamiyatning barcha aʼzolariga kelgusi ishlarida omad, baxt va sihat-salomatlik tilandi. Shundan soʼng, Termiz shahar madaniyat boʼlimiing taniqli estrada xonandlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi havola etildi
. Eʼtibordan mamnun boʼlganlar jamiyat aʼzolari yozilgan shukronalik neʼmati uchun Prezidentimizga oʼz minnatdorchiliklarini bildirishib, raqsunkor onlar bilan maroqli hordiq olishdi.