BАYRАMGА BOLАJONLАRGА BАYRАMONА KАYFIYAT ULАSHILDI
BАYRАMGА BOLАJONLАRGА BАYRАMONА KАYFIYAT ULАSHILDI
Butun dunyo boʼylab, har yilning 1 iyunь kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram koʼpchilik davlatlarda “Xalqaro bolalar huquqlarini himoya qilish kuni” sifatida ham eʼtirof etiladi.
Shu munosabat bilan "Barqaror Hayot" Xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi va Termiz shahar hokimligi hamkorlikda bolajonlarga bayramona kayfiyat bagʼishladi.
"Barqaror Hayot" Xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi jamoasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga Termiz shahridagi "INDENIM" savdo majmuasida bayram dasturini tashkil qilishdi.
Tadbir avvalida bolalar savdo majmuasi oʼyigohida turli oʼyinlarda uynashdi va bayram yakunida bir piyola choy ichishdi. Tashkil etilgan bayram dasturida bolalar xursandchiligini koʼrgan onalar oʼz minnadorchiliklarni bildirishdi.