RASMIY MUNOSABAT
RASMIY MUNOSABAT
Termiz shahridagi 5-son oilaviy poliklinikasi shifokorlari
tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi noqonuniy
berilayotgani haqidagi murojaatga munosabat
Fuqaro Bozorova Sitoraning 2022 yil mart oyida sog‘liqni saqlash boshqarmasiga telefon orqali Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 5-son oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan fuqarolarga mehnatga layoqatsizlik varaqasini noqonuniy berayotganligiga e’tiroz bildirib qilgan murojaati yuzasidan Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022 yil 29 martdagi 266-S-sonli buyrug‘iga asosan malakali mutaxassislardan iborat guruh tuzilib, o‘rganish o‘tkazilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra chindan ham ba’zi hollarda 5-son oilaviy poliklinika vrachlari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 20 martdagi mehnatga layoqatsiz varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi 25-son buyruq talablari asosida o‘rganilganda bir qator xato kamchiliklar aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Termiz shahar 5-son oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlarining mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirishda yo‘l qo‘ygan xato-kamchiliklarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022 yil 5 apreldagi 02-B-1-sonli xati bilan viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Hozirgi kunda prokuratura tomonidan mazkur muassasada o‘rganish ishlari davom etmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot takdim etiladi.
Surxondaryo viloyat sog‘liqni
saqlash boshqarmasi