Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi
Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi
Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.
Surxondaryo viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi maʼlumotiga koʼra, xuddi shunday budda tasviri tushirilgan terrakota haykali viloyatimizning Sariosiyo tumanidan ham topildi. Ushbu terrakota haykalida buddaning oʼtirgan holati tasvirlangan.
Tumanning "Shahriobod" mahallasi Hurvatan qishlogʼida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha “Termiz” davlat muzey-qoʼriqxonasiga topshirilmoqda.