2023-yilda yurtimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri Qachon, qanday shaklda o‘tkaziladi.
2023-yilda yurtimizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri Qachon, qanday shaklda o‘tkaziladi.
Tayyorgarlik bosqichi aniq va sifatli yakuniga yetkazilgach, 2023 yilning noyabr oyida aholini ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi. Qaror bilan belgilangan Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibiga ko‘ra, ro‘yxatga olish ishlari ikki xil usulda —qog‘oz shakli hamda internet tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Birinchi usulda ro‘yxatga oluvchi xodimlaruyma-uy yurib, so‘rov o‘tkazadi va savollardan iborat varaqani respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiradi. Bunda ro‘yxatga olish ishlari besh xil shakldagi so‘rovnomalar—turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar ro‘yxati, shaxsga oid savolnoma, O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma, aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun nazorat varaqasiberish asosida o‘tkaziladi.
So‘rovnomalarasosiy demografik ko‘rsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, ta’lim darajasi, uy xo‘jaligi a’zolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat bo‘ladi. Yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish ularning o‘zlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi.Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi ro‘yxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi.
Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi. Bunda so‘rovnomalar aholining o‘zi tomonidan maxsus dastur orqali to‘ldirilib, belgilangan elektron manzilga jo‘natiladi.
—Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlari hududiy statistika boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan markazlarda maxsus dasturiy ta’minot asosida 2024 yil 1 yanvardan 31 dekabrga qadar operatorlar tomonidan elektron bazaga kiritiladi, — dedi Qobil Berdiqulov. —Ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yig‘ma ro‘yxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar, shu jumladan, erkaklar va ayollar bo‘yicha aholi soni to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar esa 2024 yil 1 martga qadar tayyorlanadi.Aholini ro‘yxatga olishning elektron ma’lumotlar bazasi 2025 yil 1 dekabrgacha tahlil etiladi va yakuniy ma’lumotlar respublika hamda hududlar bo‘yicha shakllantirilib, rasman e’lon qilinadi.
Mazkur vazifalarning bari tizimli tarzda amalga oshirilgani holda, ro‘yxatga olish orqali ryespublika aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidaishonchli ma’lumotlar to‘planadi. Ular aholi soni, tarkibi va taqsimlanishi bo‘yicha to‘liqbazani shakllantirish bilan birga, Milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish,ularda foydalaniladigan demografik o‘zgarishlar tendensiyalari, mehnat resurslari joylashuvi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo‘l keladi.