BRIFING

BRIFING

Termiz shahar hokimining oʼrinbosari Bunyod Joʼraev ishtirokida “Maishiy chiqindilar toʼplanishining atmosferaga taʼsiri, bu borada shahar hududida olib borilayotgan ishlar” mavzusida brifing oʼtkazildi

Hurmatli shahrimiz fuqarolari !

Barchamizga maʼlumki, Hurmatli Prezidentimizning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza kilishga qaratayotgan alohida eʼtiborlari natijasida Termiz shahrida ham yashil hududlarni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyat yaratdi desam, mubolagʼa boʼlmaydi.
2022 yildagi chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni takomillashtirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta koʼchatlarini ekish ishlarini samarali tashkil etish, ekologik holatni barqarorlashtirish boʼyicha vazifa va topshiriqlar ijrosini soʼzsiz taʼminlanib borilyapti.
Ekologik madaniyat bir nechta omillar asosida shakllanadi. Tabiatga muhabbat, tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar, ekologik tarbiya, anʼana va qadriyatlar, ota-bobolar tarbiyasi shular jumlasidandir.
Tabiatga mehr-muhabbat har bir insonning qonida mavjud. Chunki, inson tabiat farzandi. U ona qornidayoq tabiat neʼmatlaridan bahramand boʼladi-nafas oladi, oziqlanadi. Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas goʼshadir. Tabiat ularni toʼydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi.
Termiz shahrida ekologik holat va sanitar tozalash xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida Xalq taʼlimi sohasiga
102 ta, maktabgacha taʼlim sohasiga 94 ta, sogʼliqni saqlash sohasiga 10 ta, shuningdek boshqa ijtimoiy soha tashkilotlari uchun 100 ta chiqindi konteynerlari bilan taʼminlash choralari koʼrildi.
Shahardagi mavjud 354 ta yuridik tashkilotlar bilan sanitar tozalash xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha ikki tomonlama shartnoma imzolash hisobiga sanitar tozalash xizmatlari koʼrsatganlik uchun muddati oʼtgan debitor qarzdorliklari 20 foizga qisqartirildi.
Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida “Surxondonmahsulotlari” АJ tomonidan jami 3 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalari modernizatsiya qilindi.
3 ta sanoat korxonalari hududlari va unga tutash hududlarda chang-gazlarni oʼzida tutib qoluvchi yirik bargli daraxtlar ekildi.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, oldimizda turgan vazifalar nihoyatda zalvorli. Ularni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirish har birimizdan bor bilim va mahoratimizni hamda tajribamizni ishga solishni, yanayam aniqroq aytadigan boʼlsak, aziz avliyolar oʼsib ulgʼaygan Termiz shahrining kelajak avlodlari uchun temir – beton boʼlaklaridan iborat bir shahar emas, aksincha, “Yashillikka burkangan navqiron shahar” yaratishni bugundan, oʼz uyimizdan boshlashimizni yana bir bor takidlab oʼtaman.

Eʼtiborlaringiz uchun rahmat!