Oʼzbekiston Afgʼonistonga insonparvarlik yordamini topshirdi
Oʼzbekiston Afgʼonistonga insonparvarlik yordamini topshirdi
Аfgʼonistonning Hayraton shahrida afgʼon tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
Ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi toʼlqini bilan duch kelgan qardosh Аfgʼoniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Oʼzbekiston Prezidentining Аfgʼoniston boʼyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Balx viloyati gubernatori Farhod Аzimiy, Surxondaryo viloyati hokimining oʼrinbosari Аnvar Oripov, Balx viloyat kengashi raisi Muhammad Hadid va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Eslatib oʼtamiz, 2021 yil yanvarь oyida Prezident Shavkat Mirziyoevning shaxsiy koʼmagi ostida afgʼonistonlik shifokorlarning Oʼzbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarshi kurashish boʼyicha mamlakatimiz tajribasi bilan tanishishlari uchun oʼquvlar tashkil etilgan edi.