Toʼra Bobolov maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi
Toʼra Bobolov maktab bitiruvchilari bilan uchrashdi
25 may. Maktablarda “Soʼnggi qoʼngʼiroq” jarangladi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan taʼlim-tarbiya quchogʼida jam boʼlgan oʼquvchilar bugun hayotning katta ostonasiga qadam qoʼyishmoqda.
Bugun viloyatimizning 929 ta umumtaʼlim maktablarida soʼnggi qoʼngʼiroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 11-sinfini 32 ming 215 nafar oʼquvchi tamomlayapti.
Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov Termiz shahridagi 1-maktabdagi tadbirda ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yoʼllagan bayram tabrigini oʼqib eshittirdi, 2021-2022 oʼquv yilini muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabrikladi. Bitiruvchilarni davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanishga chaqirdi. Ularga oq yoʼl tiladi.
Maʼlumot oʼrnida, bu yil maskanni 190 nafar oʼgʼil-qiz tamomladi.
Bitiruvchi yoshlarni katta hayotga kuzatish tadbirlari barcha shahar va tumanlarda mutasaddi rahbarlar ishtirokida katta tantana bilan nishonlanmoqda.