Navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" boʼlib oʼtdi.
Navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" boʼlib oʼtdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-maʼrifiy oʼquv soati boʼlib oʼtdi.
Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da shahar hokimligining apparat xodimlari va boʼlim boshliqlari ishtirok etdi.
Siyosiy-maʼrifiy soatda spikerlar Davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning zamonaviy va ochiq tizimi, zamonaviy rahbar fazilatlari, huquqiy savodxonlik hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati hamda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham maʼlumot berib oʼtdilar.