Termiz shahrida "Ayollar daftari" ni shakllantirish yuzasidan ishchi guruh tashkil qilindi.

“Ayollar daftari”ga ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan ehtiyojmand xotin-qizlar va nogironligi bo’lgan, shuningdek,tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, qaramog’ida nogironligi bo’lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin - qizlar kiritiladi.

Xatlov jarayonlarida "Mahalla yettiligi" tomonidan ishlarni taqsimlash, xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlar muammolarini o'rganish, shtab tashkil etish va boshqa amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xususan Termiz shahridagi "Saxovat","Temir yoʻlchi","Navroʻz","Doʻstlik","Jayxun","Shifokor" mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyati ishchi guruh tomonidan oʻrganildi.