Mahalla raislari oʼquviga start berildi
Mahalla raislari oʼquviga start berildi
Joriy yilning 1 iyuldan boshlab Respublika boʼylab mahalla raislarini malakasini oshirish belgilangan.
Kecha Termiz davlat universitetida shahrimizdagi barcha mahalla raislari moderatorlar tomonidan oʼqitilishni boshladi.
Jarayonda Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, viloyat hokimligi, Аdliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish boshqarmasi masʼullari ishtirok etmoqda.
Viloyatdagi barcha mahalla raislari bosqichma bosqich oʼqitilib boriladi.