BRIFING

 

Termiz shahridagi 14-30 yoshdagi 48 ming 199 nafar yoshlar 3 toifaga ajratilib, ular bilan individual ishlash tizimi joriy etildi. “Og‘ir” toifadagi e’tibor hamda ko‘makka muhtoj yoshlar shahardagi 17 ta rahbarlarga o‘rtacha 22 nafardan jami 392 nafar yosh nomma - nom biriktirildi.

Yoshlarni biriktirish va ularni otaliqqa olish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shahardagi 10 ming 900 nafar yoshlarni 6 ta huquq-tartibot va mudofaa organlarining hududlardagi 37 nafar mas’ullari biriktirildi.

Bugungi kunda “Yoshlar daftari”ga shahar bo‘yicha 1 300 nafar yoshlar kiritilgan bo‘lib, ushbu yoshlarning 1189 nafariga 2 mlrd 377 mln so‘mlik yordam ko‘rsatildi. 111 nafar yoshlar daftarda qolmoqda.

Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” orqali tashkil etilgan loyihalarda 43 ming 992 nafar yoshlar qamrab olindi.

Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo'limi boshlig'i Xalmuratov Farxod Shamuratovich