Qoraqalpog‘istonda "Termiziylar kutubxonasi” ochildi

Bu kabi xayrli ishlarning navbatdagisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi Yoshlar markazida yangi ochilgan "Termiziylar kutubxonasi" bo‘ldi. Mazkur kutubxona Xalq deputatlari Denov tumani Kengashi deputati, tadbirkor Islom Xudoyberdiyev tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirkor tomonidan yangi ochilgan kutubxonaga 3 mingdan ziyod tarixiy, siyosiy va badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Kutubxonaning ochilish marosimida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Qo‘ng‘irot tumani hokimi Bekzod Madaminov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.