PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Termiz shahrida 200 ming 50 nafar axoliga 2 ta shifoxona (markaziy shifoxona 165 urinlik va yukumli kasalliklar shifoxonasi 100 urinli) va 8 ta birlamchi tibbiy muassasa (1 ta markaziy poliklinika, 7 ta oilaviy poliklinika), bitta Sil dispanseri tomonidan tibbiy xizmat kursatiladi.

2024-yilda Termiz shaxar sog‘likni saqlash tizimida quyidagi ishlar belgilab olindi va amalga oshirildi:

Birlamchi tizim:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha  44-sonli yig‘ilish bayoni qarori hamda Birlamchi tizimda “Surxondaryo tajribasi”ni Angor tumani namunasi sifatida joriy etilgan patronaj tizimi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 12-yanvardagi 3-XS son buyrug‘i ijrosini ta’minlash borasida qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi. 

Termiz shaxrida 200 ming 50 nafar axolidan, 193 ming 899 nafari ya’ni 96.9% 2024 yil 23 mart ga qadar xatlovdan o‘tkazildi va aprel oyidan rejali ravishda profilaktik va chukurlashtirilgan kuriklardan utkazish uchun reja kilib olindi..

Xatlov natijasi buyicha axolini salomatlik va fiziologik xolatidan kelib chikib 4 – ta xavf guruxlarga ajratib olindi

Xatlov natijasi:

1-tayanch guruxi 81287 nafar (41,9 %).

2-Past xavf guruxi 62027 nafar (32,0 %).

3-Urta xavf guruxi 46280 nafar (23,9 %).

4- Yukori xavf guruxi 4305 nafar (2,2 %) tashkil qiladi.

Sog‘lomlashtirish rejasi:

Xatlov natijasida ruyxatga olingan surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan 50585 nafar bemorlar 2024 yil uchun manzilli sog‘lomlashtirish rejasi tuzib olindi va rejaga asosan::

Shu kunga qadar 3 guruxga kiruvchi 46280 nafar axoli 2024 yilning 7 oyi davomida chukurlashtirilgan va profilaktik kuriklardan utkazilib  27605 nafari (59,6%) axolini soglomlashtirish ishlari olib borildi: Shundan –

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi

PQ-№102 sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi.

PQ №103 sonli “Yurak - qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi.

SSVni “Axoli orasida profilaktik ko‘riklar, skrining dasturlari va patronajni amalga oshirishni yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi 2022 yil 27 iyuldagi №210 sonli xamda “Axoli orasida kasalliklarni erta aniqlash, skrining dasturlarini samarali o‘tkazish, aniklangan kasalliklar buyicha manzilli sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha shtablar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2024 yil 27 mart dagi № 97 sonli buyruqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida yil boshidan oylik tarmoq rejalar tuzilib, reja asosida ishlar olib borilmoqda. Jumladan:

Termiz shaxridagi 67 ming 662 nafar 18-40 yoshdagi fuqarolarni tibbiy ko‘rigi – 7 oy davomida 27 ming 573689 nafar profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. bu rejaga nisbatan 97% ni tashkil etadi.

40 va undan katta yoshdagi 62893 nafar axolidan 51 ming 324 nafari 81.6 % yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha skriningdan o‘tkazildi. Skrining natijasida – 69 nafar qandli diabet va 958 nafar fuqaroda YuQT kasalliklari aniqlandi.

35-55 yoshli  ayollar orasida bachadon bo‘yni sarotonini erta aniqlash maqsadida KTMP siga kolposkop apparati urnatildi va kunlik akusher ginekologlar tomonidan profilaktik kuriklari natijasida kolposkop ga yuborilib tekshiruvlardan utkazilmokda. 35-55 yoshli  ayollar orasida bachadon bo‘yni sarotonini erta aniqlash maksadida 26 ming 557 nafar ayollarni skriningdan o‘tkazish rejalashtirilib, shundan 16 ming 981 nafari o‘tkazildi va 4 nafar ayolda bachadon bo‘yni sarotoni aniqlandi.

45-65 yoshli 20 ming 982 nafar ayollar orasida ko‘krak bezi saratoninini erta aniqlash maqsadida reja qilib olinib, shundan 13 ming 845 nafari skriningdan o‘tkazildi va 11 nafar ayolda ko‘krak bezi saratoni aniqlandi.

Bundan tashqari Sil kasalliklarni erta aniqlash maqsadida xavf guruxiga kiruvchi fuqarolardan 4 ming 399 nafari reja qilib olinib, ulardan 1 ming 676 nafari skriningdan o‘tkazildi va 7 nafarida kasallik aniqlandi.

Yuqorida olib borilgan skrining tekshiruvlaridan tashqari “Sog‘lom yurak” dasturi buyicha reja qilib olingan 54 ming 846 nafar fuqarodan bugungi kungacha 52 ming 123 nafar 95.0 % ni o‘tkazib Mtd. Hub Uz tizimiga kiritildi. Shundan

29 ming 972 nafari -5 % gacha,

12662 nafari - 5-10 % gacha,

6901 nafari - 10-20 % gacha,

2031 nafari 20-30 % gacha va 557 nafari 30 % dan ko‘p xavf darajasi aniqlanib, ushbu fuqarolarni yillik sog‘lomlashtirish ishlari SSVni № 97 buyrug‘ida ko‘rsatilgan bosh mutaxasislar tomonidan olib borilmoqda.