MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Termiz shahar “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” to‘g‘risida

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-17 noyabrdagi Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatning biri guruh ziyolilari taklifiga asosan Surxondaryo tajribasi asosida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish topshirig‘i berilgan edi. 

Topshiriqqa asosan Sektorni tashkil etish yuzasidan mutasaddi rahbarlar, ustoz-murabbiylar, ziyolilar, olimlardan iborat ekspertlar guruhi shakllantirilib, “Ma’naviyat sektori” namunaviy Nizomi, Konsepsiyasi hamda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.

“Ma’naviyat sektori”ning quyi bo‘g‘inlari faoliyati yo‘lga qo‘yish maqsadida shaharning 37 ta mahallasidan “O‘zbekiston” mahallasi tanlab olinib, sektor faoliyati namunali yo‘lga qo‘yildi.

Mahallaning kirish ostonasida “Assalomu alaykum, Xush kelibsiz “O‘zbekiston” mahallasiga” yozuvi aks etgan maxsus stello joylashtirildi. Mahallaning asosiy yo‘lagida ijtimoiy-ma’naviy mazmundagi tasviriy-targ‘ibot vositalari o‘rnatilib, unga hikmatli so‘zlar, insonni go‘zal fazilatlarga chaqiruvchi, ota-onani ulug‘lash, vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi iboralar o‘rnatildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarni yo‘laklariga alohida bekatlar tashkil etildi. Har bir bekatga nom berildi. Nomlanishiga qarab ushbu bekatlarga tashqi targ‘ibot materiallari o‘rnatildi.

Birinchi bekat, “Baxtli bolalik” bekati bo‘lib, ushbu bekatda mahallaning yosh avlod vakillari uchun, bolajonlarga hos o‘yingoh, ertak qaxramonlari, ibratli so‘zlar va tashqi targ‘ibot vositalari o‘rnatildi.

Ikkinchi bekat, “Yoshlar bekati” ushbu bekatda mahalla yoshlari uchun qulay  sharoitlar yaratildi. Bekatda yoshlarni vatanparvarlikka targ‘ib etuvchi tashqi targ‘ibot vositalari va ibratli so‘zlar o‘rnatildi. Bekatda “Xonadon kutubxonasi”, “Milliy taqinchoqlar” tajriba maktabi, Tikuvchilik va milliy liboslar yo‘nalishida maslahat markazlari tashkil etildi.

Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, mahallada sport maydonchalar, ko‘ngilochar bisetkalar va radiouzl eshtirishlari tashkil etildi.

 Uchinchi bekat, “Eng ibratli mahalla” bekati deb nomlanib, ushbu bekatda milliy qadriyatlar, odob-axloq, halollik, poklik va ozodalikka targ‘ib etuvchi targ‘ibot vositalari o‘rnatildi. Bekatda mahallaning yosh avlod vakillariga Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maxsus maydoncha tashkil etilib, ushbu maydonchada haftaning har shanba kuni Yo‘l harakati boshqarmasi xodimlari tomonidan amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

Mahallaning ma’muriy binosida. Davlat ramzlari, mahalla yettiligining vazifalari, mahalla xaritasi, milliy qadriyatlar burchagi, mahalla fidoyilari va davlat rahbarining sohaga doir iqtibosi yozilgan maxsus stendlar o‘rnatildi.

“Ma’naviyat sektori” mahallada tashkil etilgandan so‘ng “Ma’rifat targ‘ibotchilar” guruhi shakllantirilib, targ‘ibot guruhi mahallada sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirish hamda muammolarini o‘z vaqtida manzilli o‘rganish choralarini ko‘rishga mas’ul jamoatchilik tuzilma sifatida ish boshladi. So‘ng qisqa vaqt mobaynida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan:

Mahallada jinoyatchilik o‘tgan yilning 6 oylik davriga nisbatan 4 dan 3 ga, ajrimlar soni 5 tadan 4 ga kamayishiga erishildi.

Mahallada profilaktika hisobida turuvchi notinch-noqobil oilalar soni 3 tadan 2 taga kamaydi.

Mahallada oila va ta’lim tashkilotlari o‘rtasida ma’naviy tarbiya uzviyligi ta’minlandi. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimi yaratildi. Mahallaning ma’naviy qiyofasi tubdan o‘zgardi.

         Vatan ostonasi mahalladan boshlanadi. Buning uchun islohotlar mahalladan boshlanishiga zamin yaratilishi lozim. Ma’naviyat sektori faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi esa xalq roziligi uchun manzilli ishlar ko‘lamini oshiradi.