🥇 Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiada chempioni!

Bokschimizning erishgan g‘alabasi bilan O‘zbekiston xalqini, xususan, Surxon vohasi ahlini hamda Bahodirning onasi va murabbiylarini tabriklaymiz.

Yurtimiz bayrog‘ini dunyoning eng nufuzli musobaqasida yuksakka ko‘targaning uchun senga ming rahmat, yozgi Olimpiya o‘yinlarining ikki  karra chempioni – Bahodir!

Bahodir Jalolovning final jangini surxondaryoliklar ko‘tarinki kayfiyatda kuzatib borishdi. Xususan, Termiz shahridagi “Nuroniylar maskani”da Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, vohalik faollar jangni tomosha qilib, Bahodirni qo‘llab-quvvatlab turishdi.