Surxondaryoda mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari keng tantana qilindi

Tadbirda O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hosila Raximova, Sayyora Qoziyeva hamda estrada yulduzlari Botir Qodirov, Janob Rasul va “Bojalar” guruhi, shuningdek, shoir Shodmonqul Salom, vohamizning taniqli, xushovoz san’atkorlari, madaniyat va san’at xodimlari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, xorijiy mehmonlar, vohamiz faollari va jamoatchiligi ishtirokida bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.