Surxondaryoda hududiy trenerlar uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Uch kun davom etadigan mashg‘ulotlar davomida hududiy trenerlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, bu yilgi saylov jarayonlaridagi yangilik va o‘zgarishlarni ularga tushuntirish ko‘zda tutilgan.

O‘quv-seminarda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar o‘qishmoqda, saylov qonunchiligidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar, xalqaro tajriba va milliy amaliyot, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari haqida so‘z yuritilmoqda.

Shuningdek, uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati, ovozlarni sanab chiqish va bayonnomalarni to‘ldirish kabi jarayonlar amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirilmoqda.