Hashar bilan yurt obod!

Respublikamizning barcha hududlarida, ko'cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari boshlandi.

Termiz shahar Yoshlar ishlari bo'limining barcha yoshlar yetakchilar hamda faol yoshlar erta tongdan, Termiz shahrida joylashgan “Baynalminal” qabristonida xayriya hashari o'tkazdi.