PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Inson salomatligi eng oliy ne’mat. Mamlakatimizda har fuqaroning sog‘ligini muhofaza qilish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Birgina xonadonma xonadon aholining salomatligidan xabardorlikni yaxshilash maqsadida patranaj hamshiralar biriktirilishi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning aniq manzilli yo‘nalishini belgilab berdi.

Termiz shahar hokimi O‘. To‘rayev press-tur doirasida shahrimizda ana shu tibbiy xizmat xodimlari faoliyati bilan tanishdi.
Termiz shahar tibbiyot birlashmasi rahbari R. Odinayev bilan xonadonma xonadon yurib, aholining patranaj hamshiralar xizmati yuzasidan fikrlarini eshitdi.