Termiz shahrida 250 dan ortiq kishi ishtirokida SAYYOR QABUL bo’lib o’tmoqda.

Termiz shahridagi “San’at saroyi” binosida bo’lib o’tayotgan “Sayyor qabul” da ayni vaqtga qadar 30 dan ziyod fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan asosan uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘likni tiklash, kommunal sohalarda va boshqa masalalardagi murojaatlar aytib o’tilmoqda.

Bajarilishi muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.

#Jarayon #Termiz_shahri #Sayyor_qabul

Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati