Diqqat e'lon: Mehnat yarmarkasiga marhamat

Ertaga, 3-iyul kuni soat 8:00 dan boshlab, Termiz shahridagi San'at saroyi binosida Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur mehnat yarmarkasi Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, viloyatdagi barcha boshqarma, korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan tashkil etilmoqda.

Ushbu mehnat yarmarkasi ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar, probatsiya ro‘yxatida turgan ishsizlarni bandligiga ko‘maklashish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida o'tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar biz sizga o‘zingizga maqbul bo‘lgan ish o‘rinlariga ishga joylashishingizda ko‘maklashamiz!