Surxondaryolik faol yoshlar "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi
Prezidentimizning "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/7354) qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlandi.
Ular orasida surxondaryolik quyidagi yoshlar ham bor:
🏅Ashurova Maftuna Ortiq qizi - Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
🏅Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i
Vohamiz iftixorlari bo‘lgan yoshlarni tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!