Xalqaro yig‘in sovrindori tantanali kutib olindi

 

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida “Aybin–2024” xalqaro harbiy-Vatanparvarlar yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etib, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz, Belarus hamda mezbon davlat Qozog‘istonning 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi mamlakatimiz sharafini himoya qilgan jamoa tarkibida Termiz shahrining 13-sonli maktabi o‘quvchisi Dovutbek Jo‘rayev ham ishtirok etib, rekord natija bilan jamoamizning sovrindorlar qatorida bo‘lishga hissa qo‘shdi.

Bugun Termiz temir yo‘l vokzalida Dovutbek Jo‘rayev o‘qituvchilari, ota-onasi va yaqinlari hamda yoshlar, shuningdek, harbiylar va faxriylar ishtirokida tantanali kutib olindi.