Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

587678       0

Tadbirlar

       

Fuqarolar xotirjamligi yo‘lida

Bugungi kunda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, o‘zgalar mulkiga daxl qilish, o‘g‘irlik va talonchilik kabi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha hududlarda, mahallalarda, ta’lim muassasalarida, aholi o‘rtasida muntazam ravishda targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, kuni kecha Termiz shahrida "Abdulla Avloniy" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylar atrofi hamda tadbirkorlik sub’yektlarida navbatdagi ana shunday profilaktik ishlar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasining ahamiyati, mol-mulk dahlsizligini ta’minlashda qo‘riqlash bo‘linmalarining afzalliklari xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Xonadon va savdo do‘konini qo‘riqlovga topshirish istagini bildirgan fuqarolarga qo‘riqlovga olishning tartiblari, shartnoma asosida qo‘riqlanishi, signalizasiya vositalari bepul o‘rnatilgan holda xizmat ko‘rsatilishi haqida tushunchalar berildi.

Xizmatning texnik qo‘riqlash markazi faoliyati, o‘rnatilayotgan integrallashgan yangi tipdagi texnik qurilmalarning ustunliklari tushuntirildi.


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
44 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari