Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan “Amir Temur bobomizga munosib avlod bo'laylik” mavzusida katta ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lmoqda.
Dunyo tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi, Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli strateg va siyosatchi, yengilmas inson – Amir Temur tavalludiga 686 yil to'ldi.
Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Kitobxon haftaligi" hamda "Umumkasbiy fanlar" oyligi doirasida Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan “Amir Temur bobomizga munosib avlod bo'laylik” mavzusida katta ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lmoqda.
Tadbir davomida Amir Temur siymosi talabalar tomonidan jonlantirilishi barobarida “Temur tuzuklari”dan namunalar aytildi.
Ayniqsa, ko‘rsatilgan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga chuqur taassurot qoldirdi. Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda balki yetuk shaxs ekanligi mahorat bilan ko‘rsatildi. O'quvchilar tomonidan mardona chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024