RASMLAR KO‘RGAZMASI
Bugun, 6-aprel kuni viloyat Barkamol avlod bolalar markazi foyesida Termiz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 22-aprel "Xalqaro yer kuni" munosabati bilan "Tabiat bolalar nigohida" mavzusida maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida rasmlar tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov yakunida 1-o‘rin 26 DMTT tarbiyalanuvchisi Jasmina Jovliyeva, 2-o‘rin 16 DMTT tarbiyalanuvchisi Intizor Gʻapparova, 3-o‘rin 32 DMTT tarbiyalanuvchisi Shaxrizoda Raxmatullayevalar g‘olib deb topildi. Ushbu tarbiyalanuvchilar bo‘lim mudirining faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishib, 8-aprelda bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024