Termiz shahrida Oʼzbekiston-Аfgʼoniston Biznes-forumi boʼlib oʼtmoqda.
Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi” hududidagi soʼlim bogʼda Oʼzbekiston va Аfgʼoniston ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum, hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi hamda kooperatsiya birjasi, shuningdek, “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʼrgazmasi boʼlib oʼtmoqda.
Forumga tadbirkorlar bilan birga Аfgʼoniston Islom Respublikasining Prezidenti Devoni rahbari Muhammad Shokir Korgar, Аfgʼoniston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Ismoil Gʼazanfar, Balx viloyati voliysi Muhammad Farhod Аzimiy singari martabali mehmonlar ham tashrif buyurishgan.
Biznes-forum doirasida tashkil etilayotgan hududlar va tarmoqlararo sanoat yarmarkasi, kooperatsiya birjasi hamda “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʼrgazmasida mamlakatimiz viloyatlari va Surxondaryoda ishlab chiqarilayotgan qurilish mollari, elektrotexnika, charm, tekstilь sanoati, qishloq xoʼjaligi, avtotransport vositalari va boshqa mahsulotlar, milliy hunarmandlik buyumlari keng namoyish etilmoqda.
Tadbirda, davlatimiz ishbilarmonlari qoʼshni Аfgʼoniston bilan ikki tomonlama foydali shartnomalar imzolashi kutilmoqda.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024