SAYYOR QABUL: FUQARO MUROJAATLARINING IJOBIY YECHIMI
Bugun, 23-fevral kuni Termiz shahar hokimi Isroil Xudayberdiyev va shahar Xalq qabulxonasi mudiri O.Saodatov hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida imkoniyati cheklangan 4-nafar fuqaroga sog‘ligini tiklashi uchun bir martalik moddiy yordam berilishi, “Temir daftar”da ro‘yhatda turuvchi yosh oilaning farzandini imtiyoz asosida bog‘chaga joylashtirilishi shuningdek, ish so‘rab murojaat qilgan 4-nafar fuqaro “ZIF Textile” korxonasiga ishga joylashtirish masalalari joyida yechimini topdi.
Hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash va issiqxona tashkil etish istagida bo‘lgan ikki nafar fuqaroga mahalladagi hokim yordamchilarining tavsiya asosida imtiyozli kredit olish masalasi ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 3 nafar fuqaroning tadbirkorlik qilishlari uchun joy so‘rab qilgan murojaatiga amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi. Imtiyozli uy-joy olish uchun subsidiya ajratish masalasi yuzasidan murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosini o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha shahar hokimi tomonidan mas’ullarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024