Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

654336       0

Tadbirlar

       

Yangi Oʼzbekiston yoshlari erkin va farovon yashaydi
Termiz shahridagi “Аmudaryo” xalqaro bolalar oromgohida “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʼoyasi asosida yoshlar festivali boʼlib oʼtdi.
Bayramona ruhda oʼtgan tadbirning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʼyicha oʼrinbosari Joʼrabek Toʼraev, Oʼzbekiston xalq artisti Muhammadali Аbduqunduzov, shoir Bobur Bobomurod va boshqalar soʼzga chiqib mamlakatimizda soʼnggi yillarda yuz berayotgan oʼzgarish va yangilanishlar inson manfaatlari va xalqimiz, ayniqsa yosh avlod farovonligi uchun xizmat qilayotganini taʼkidladi. Festivalь ishtirokchilarini oʼziga xos shodiyonaga aylangan tadbir bilan tabrikladi.
Tadbir doirasida yoshlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, amaliy va tasviriy sanʼat asarlari, kitoblar koʼrgazmalari tashkil etildi. Yigit-qizlar oʼrtasida sportning voleybol, mini futbol, shaxmat-shashka, arqon tortish, tosh koʼtarish, armrestling, suzish kabi oʼnta turi boʼyicha bellashuvlar uyushtirilib, gʼoliblar munosib ragʼbatlantirildi.
Termiz shahridan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 140 ga yaqin yigit-qizga zamonaviy tikuv mashinalari, kompьyuter jihozlari, turli asbob-uskuna va ish qurollari sovgʼa qilinib, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirishga koʼmaklashildi. Zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar koʼrgazmasi ham tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʼotdi.
Festivalь poytaxtdan kelgan hamda mahalliy sanʼatkorlarning, el suygan baxshilarning gala kontserti bilan yakunlandi.
Mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʼishlangan ushbu tadbir viloyat tumanlarida ham yuksak saviyada oʼtkazilmoqda.


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
132 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari