“AMUDARYO DAM OLISH MASKANI”DA AHOLI UCHUN KO‘NGILOCHAR KONSERT DASTURI BO‘LIB O‘TMOQDA
Termiz shahridagi Amudaryo dam olish maskanida bugundan aholi va shahrimiz mehmonlari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan ko‘ngilochar madaniy tadbirlar boshlandi. Ushbu tadbirga mahallalardan tashrif buyurgan ota-onalar o‘z farzandlari bilan ishtirok etishib, maroqli hordiq chiqarishdi.
Tadbirda shahar madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ertak va multfilm qahramonlarining chiqishlari ishtirokchilar qalbiga bir olam quvonch bag‘ishladi.
Go‘zal taronalarga raqsga tushgan ishtirokchilarning shodligi, ayniqsa turli ranglarda jilolangan musiqali fontan atrofida sayr qilgan bolajonlarning quvonchi bir biriga ulandi.
Maʼlumot o‘rnida Termiz shahridagi Amudaryo dam olish maskanida har kuni soat 19-00 dan ko‘ngilochar madaniy tadbir boshlanishini maʼlum qilamiz.
Keling, tomosha qiling va maroqli dam oling!
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024