Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

435048       0

Tadbirlar

       

Surxondaryolik oʻgʻlonlar Vatan xizmatiga otlandi

 

Dunyoda er yigit uchun Vatan xizmatiga otlanishdek sharaf bo‘lmasa kerak. Zero bu shunchaki ish emas, balki ona-tuproq, el-ulus, ota-ona oldidagi muqaddas burchdir. Ana shunday sara o‘g‘lonlar bilan Qurolli Kuchlarimiz safi yil sayin to‘lib borayotgani har qancha e’tirofga loyiqdir.

 

Bugun, 9 mart kuni Termiz temir yoʻl vokzalida Surxondaryo viloyati tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan 470 nafar harbiy xizmatga chaqiriluvchilar Vatan oldidagi muqaddas burchlarini oʻtash uchun muddatli harbiy xizmatga kuzatildi.

 

Vokzal hovlisida jam bo‘lgan Janubiy operativ qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Termiz harbiy prokuraturasi, ota-onalar, faxriylar, ijodkor va san’atkorlar bo‘lajak yurt posbonlariga yuksak ishonch bildirib, ularning faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

 

“Mening bobom, amakim, qolaversa, dadam harbiy sohada faoliyat olib borganlar. Men ham bugun harbiy xizmatga yo‘l olib, sulolamiz davomchisi bo‘layotganimdan baxtiyorman”, - deydi Bobur Sherdonov. 

Darvoqe, mard o‘g‘lonlar bu yergacha qancha sinovlar, dovonlardan oshib kelmadi deysiz. Endi ular haqiqiy mardlik maktabida toblanadi, o‘sadi, hayot kechiradi.

  


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
36 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari