Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

449149       0

Tadbirlar

       

Aholi muammolarini “Xonadonbay” o‘rganish ishlarining amalga oshirilishi tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev rahbarligida sektor rahbarlari, shahar Xalq qabulxonasi mudiri birgalikda mahallalardagi beshlik vakillari tomonidan aholi muammolarini uyma-uy yurish orqali o‘rganish ishlari yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokama jarayonida shahar rahbari tomonidan aholi muammolarini o‘rganish bo‘yicha xatlov ishlarini yetarli darajada tashkil etmasdan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan “beshlik vakillari” mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilarining faoliyati tanqidiy-tahlil qilindi.

Yig‘ilishda, ikki xafta oldin xatlov ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarga qaramasdan mas’uliyatsizlik bilan yondashgan ayrim mahalla beshligi vakillariga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bir nechta mas’ullarga ogohlantirish berilib, qat’iy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Muhokama yakunida O‘ktam To‘rayev tomonidan aloqador mas’ullarga uyma-uy yurib xatlov ishlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish va belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

  

  


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
114 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari