Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

450343       0

Tadbirlar

       

TERMIZ SHAHRIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI.

Bugun shahrimizdagi “Muhtasham saroy” tantanalar saroyida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda, “O‘zbekiston qahramoni” unvoni sohibi, davlat va jamoat arboblari, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nuroniylar, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faol yoshlar hamda probatsiya va profilaktik hisobda turuvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Turli millat vakillarini mushtarak maqsad yo‘lida bir davraga jam qilgan tadbir doirasida tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozildi. Ishtirokchilar to‘kin dasturxon atrofida dildan suhbat qurishdi. Samimiy muloqotlarda nuroniylar va o‘rta avlod vakillari tomonidan mamlakatimizda inson va uning qadr-qimmatini yuksaltirish, xalqimizning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifaga aylangani taʼkidlandi.

Tadbirda shahar hokimi O‘ktam To‘rayev so‘zga chiqib, shahrimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar va mahallalar infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lida Termiz shahriga alohida eʼtibor qaratilganligi xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, shahar rahbari barchani yurt ravnaqi yo‘lida birdamlikka chorladi.

El suygan sanʼatkorlarning Ona Vatan, do‘stlik, ezgulik, hamjihatlik, mehr-muhabbat va tinch-totuv hayot tarannum etilgan kuy-qo‘shiqlari barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida nuroniylar mamlakat tinchligi va ravnaqi hamda xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochishdi.

  

  


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
46 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari