Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

460028       0

Tadbirlar

       

O‘ktam To‘rayev temir yo‘l yoqasidagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimining topshirig‘iga asosan shahar hokimi O‘ktam To‘rayev Termiz shahar temir yo‘l stansiyasidan Termiz tuman hududigacha bo‘lgan temir yo‘l yoqasida joylashgan mahallalar hududi va aholi yashash joylari holati bilan tanishdi. Shahar rahbariga tegishli hokim o‘rinbosari, shahar prokurori Xudoynazar Mamatqulov, shahar IIB boshlig‘i Elbek Nurullayev, shahar DSI rahbari Sunatilla Muxamadiyev va mutasaddi idoralar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamrohlik qildi.

O‘rganish jarayonida temir yo‘l yoqasida joylashgan mahallalardagi ayanchli manzaralar, har yerda to‘planib turgan chiqindilar uyumi, dov-daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlari bajarilmaganligi va yovvoyi o‘t-o‘lanlar bilan qoplanganligi mahalla husniga dog‘ tushurayotganligi tanqid qilindi.

Xuddi shunday, aholi xonadonlari, tomorqalari holati ham shahar hokimi eʼtiboridan chetda qolmadi. Ayrim uylarning tom va fasad qismlari taʼmirlanmaganligi, devorlari oqlanmaganligi, baʼzi joylarda fuqarolarga tegishli qurilishga ishlatiladigan qum va tosh-shag‘alning betartib to‘kib qo‘yilganligi ko‘rsatildi.

O‘ktam To‘rayev mahallalarning ozodaligiga erishish, odamlarga uy-joyiga eʼtiborli bo‘lish hissini yana-da kuchaytirish hamda toza saqlash uchun mutasaddilarga masʼuliyatini oshirish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘rganish yakunida kelgusi haftada yana ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha yurilib, bugun ko‘rsatilgan kamchiliklarning  qay darajada bartaraf etilganligini o‘rganish belgilandi.

  

 


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
82 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari