30 / 01 / 23
Shahar hokimi “Bog‘zor” mahallasidagi aholining ijtimoiy ahvoli, mavjud imkoniyatlar va muammolarini o‘rgandi
Bugun erta tongdan Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida, tegishli hokim o‘rinbosari hamda korxona va tashkilot rahbarlari “Bog‘zor” mahallasida yig‘ilishdi. Yig‘ilishda, shahar rahbari tomonidan barcha mutasaddilarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladagi mavjud kamchilik va muammolarni takror o‘rganib chiqib, ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng masʼullar birgalikda mahalla hududi va aholi yashash joylari holati bilan tanishishdi.
Jarayonda mahallaning ichki ko‘chalari yoqasida joylashgan aholi tomorqasidagi dov-daraxtlarga shakl berish va oqlash ishlari bajarilmaganligi va yovvoyi o‘t-o‘lanlar bilan qoplanganligi – mahalla husniga dog‘ tushirayotganligi ko‘rsatilib, odamlarga uy-joyiga eʼtiborli bo‘lish hissini yana-da kuchaytirish hamda toza saqlash uchun mutasaddilarga masʼuliyatini oshirish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi .
Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Аbdusamad Kattayev bilan uchrashilib, yashash xonadonining bo‘sh turgan yerto‘la qismidan “Ayollarning bandligini taʼminlash va sog‘lomlashtirish markazi”ni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi va imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi. O‘rganish ishlari barcha mahallalarda davom etadi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024