Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

476018       0

Tadbirlar

       

Shtab faoliyati: Aholiga suyultirilgan gaz balonlarini vaqtida yetkazib berish talabi qo‘yildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan viloyat navbatchilik Shtabi tomonidan elektr energiyasi, gaz ta’minoti, ichimlik suvi, ko‘mir yoqilg‘isi va boshqa masalalar yuzasidan aholining murojaatlarini qabul qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha oxirgi 24 soat davomida ko‘rilgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Muhokama jarayonida viloyat rahbari Termiz shahri va tumanlar shtablariga biriktirilgan viloyat vakillarining biriktirilgan hudud bo‘yicha hisobotlarini tingladi. Yurtimizga anomal sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilayotgan bir paytda aholiga yetkazib berish uchun elektr energiya, gaz va ko‘mir yoqilg‘isi zaxiralarini yaratish, energiya inqirozidan betalofat chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tabiiy gaz ta’minotiga ulanmagan aholi punktlariga suyultirilgan gaz ballonlarini muddatida va belgilangan me’yorlarda yetkazib berish bo‘yicha “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali, uning shahar va tuman bo‘limlariga qat’iy talablar qo‘yildi. Bunda suyultirilgan gaz ballonlari zaxirasini yaratish, tegishli grafik asosida har bir mahallaga belgilangan muddatlarda, aholi xonadonlariga yetkazib berish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarida olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, viloyatda mavjud ta’mirtalab maktab binolarini ta’mirlash dasturini ishlab chiqish, amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati hamda shahar va tumanlar hokimliklarida uzluksiz navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu shtablarda murojaatlarni 24 soat davomida, tunu-kun qabul qiluvchi ishonch telefonlar faoliyat yuritmoqda.

 


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
80 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari