Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

476768       0

Tadbirlar

       

Aholini ichimlik suvisiz "qoldirgan" mas’ullar jazolandi

Viloyat rahbari bugun ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan uzluksiz navbatchilik shtabida bo‘lib, aholi murojaatlarni qabul qilish va ularni tezkor hal etish jarayonlarini tahlil qildi.

Shtabda kunlik murojaatlar soni, yo‘nalishi va ijrosi to‘g‘risida hisobot berilgach, mutasaddilar tomonidan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish hamda shahar va tumanlardagi shtablar faoliyatini jonlantirish, u yerda videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Viloyat rahbariga Termiz shahri "O‘zbekiston" mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida ichimlik suvi yetkazishda uzilish bo‘lganligi va hozirda bartaraf etilayotgani ma’lum qilingach, joyida bo‘lib jarayonlarni ko‘zdan kechirdi. Holatni zudlik bilan bartaraf etish o‘rniga o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilgan masullarni jazolash bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ viloyat filialidagi navbatchilik jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Shahar va tumanlarda shtablar faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

   


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
131 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari