22 / 12 / 22
Termiz shahrida “Yoshlar daftari” jamgʼarmasidan koʼmak koʼrsatilgan yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi
Bugun, 22-dekabrь kuni 12-umumiy oʼrta taʼlim maktabida shahar hokimi Oʼktam Toʼraevning “Yoshlar daftari” jamgʼarmasidan koʼmak koʼrsatilgan yoshlar bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Unda shaharning 1-sektor hududida joylashgan mahallalar yoshlari, yoshlar yetakchilari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida yoshlar jamgʼarmasidan koʼmak koʼrsatilgan yoshlarning mulohazalari va kelgusidagi rejalari toʼgʼrisidagi fikrlari tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda oliy taʼlimda tahsil olayotgan yoshlarning kontrakt toʼlovi masalasidagi, shuningdek, davolanish va imtiyoz asosida operatsiya xarajatlariga yordam berish hamda moddiy yordam soʼrab qilgan murojaatlarini tegishli tartibda ijobiy hal etilishi belgilandi.
Shuningdek, ijrosi muddat talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024