Konsert Lazgi Filarmoniya
Kecha Termiz shahridagi San'at saroyida O'zbekiston Davlat Filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansanbli konsert dasturini namoyish etdi.
Ushbu konsertda Xorazm san'atining eng sara durdonalari ijro etildi. O'zbekiston Davlat Filarmoniyasining "Lazgi" ansanblining xonanda, sozanda va balet artistlari o'z mahoratlatini ko'rsatishdi.
Xorazm san'atining o'ziga xos madaniyati yurtimizda alohida o'rin tutadi.
"Lazgi" ansanblining xonanda, sozanda va xoreograflarining turli xil sahna chiqishlari yig'ilganlarni raqsga chorladi. Ularning sho'x kuy-qo'shiqlari orqali konsert ishtirokchilari yana bir bor Xorazm san'atidan bahramand bo'lishdi.
Konsert dasturi yakunida "Lazgi" ansanbli jamoasi Termiz shahar hokimligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Yangiliklar kanali
https://t.me/termizshhMurojaatlar uchun
https://t.me/TermizSh_botTelegram bot
https://t.me/TermizSh_botFuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi
+(76)224-16-40
+(76)224-23-36
2024 |
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI |
‹ | › | |||||
Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya |
© Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti veb-saytlari 2024