Termiz shahar hokimligi rasmiy-veb sayti

508627       0

Tadbirlar

       

FESTIVAL GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida uch kun davom etgan baxshichilik san’ati yo‘nalishida baxshi, oqin va jirov ijrochilarining respublika festivali yakunlandi.

Festival doirasida tashkil etilgan baxshi, oqin va jirovlarning respublika ko‘rik-tanlovida umumjamoa hisobida oliy o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga nasib etdi. Birinchi o‘rinni Surxondaryo viloyati, ikkinchi o‘rinni Xorazm viloyati va uchinchi o‘rinni Qashqadaryo viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlovning yakkaxon yo‘nalishlari g‘oliblari:

1-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Azamat Elmuratov, Qashqadaryo vakili Ziyodulla Ahmedov va Surxondaryo vakili Ravshan Mamatmurodov;

2-o‘rin – Toshkent shahri vakili Rasulbek Abdurahmonov, Surxondaryo vakili Zulxumor Shernazarova hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Safargul Bashirova;

3-o‘rin – Xorazm viloyati vakili Ximoyat Sariyev, Qashqadaryo vakili Muhammadi Daminov, Qoraqalpog‘iston vakili Uldavlet Sersenbayeva, Surxondaryo vakili Xamza Xolboyev egalladi.

Gʻoliblar diplom, festival statuetkasi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Eng yaxshi doston ijrochisi”, “Eng yaxshi terma ijrochisi”, “Yosh doston ijrochisi”, “Eng yaxshi jirov ijrosi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi.

Ko‘rik-tanlovning tantanali taqdirlash marosimi san’at ustalari, baxshi, oqin va jirovlarning qiziqarli konsert dasturi bilan yakunlandi.

 

 


Izoh qoldirish

Yangiliklar kanali

https://t.me/termizshh

Murojaatlar uchun

https://t.me/TermizSh_bot

Telegram bot

https://t.me/TermizSh_bot

Facebook

https://fb.com/termizshahar.hokimi

Fuqorolar murojaatlari bo`yicha shahar hokimligi bosh mutaxassisi

+(76)224-16-40

+(76)224-23-36

Yil dasturi
2024
YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
login:
Password:
Parolni saqlash
125 ta foydalanuvchi hozir saytda
So‘rov o‘tkazish
Sayt haqida firingiz?
Natijani ko`rish
Valyuta kurslari